Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil qamoqxonalar boshqarmasi bosim va izolyatsiya qilish usullaridan foydalangan holda Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslar uchun bo‘limlarga reydlar uyushtirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Picture alliance

Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) ma’lumotlariga ko‘ra, reydlar Ofer, Majdu va Negev qamoqxonalarida o‘tkazilgan. O‘nlab mahbuslar ruhiy bosim o‘tkazish maqsadida boshqa qamoqxona yoki kameralarga, ba’zilari bir kamerali xonaga o‘tkazilgan.

FOT Isroil kuchlari falastinliklarga qarshi provokatsion harakatlarini kuchaytirgani, xavfsizlik kuchlarining harakatlari fonida mahbuslar og‘ir ruhiy stressni boshdan kechirganini ta’kidladi.  Falastin milliy harakatining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha oliy qo‘mitasi mahbuslarga nisbatan Damon, Ofer, Majdu va Negev qamoqxonalaridagi qonunbuzarliklar javobsiz qolmasligiga ishontirdi.

Ta’kidlanishicha, Isroil qamoqxonalarida 4 700 ga yaqin falastinlik saqlanmoqda, ulardan 29 nafari ayol va 150 nafari bola.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »