Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar AQSH Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi qurol savdosi haqida “mish-mish tarqatishda” davom etsa, buning yoqimsiz oqibatlariga duch kelishi mumkin. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vaziri Kvon Jong Gin bayonotiga tayanib, Koreya Markaziy telegraf axborot agentligi xabar berdi.

“Bu safar AQSH yana bir bor asossiz qurol savdosi masalasini ko‘tardi va o‘zining Ukrainaga qurol sotishini ahmoqona tarzda oqlashga urindi. Qo‘shma Shtatlar shuni yodda tutishi kerakki, agar bizning mamlakatimizga qarshi bema’ni gaplarni tarqatishda davom etsa, ular chinakam yoqimsiz oqibatlarga duch keladi”, — dedi TIV rahbari.

Shuningdek, u Pxenyanda bunday harakatlar KXDRning jahondagi obro‘siga putur yetkazishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholanayotganini aytdi.

Kvon Jong Ginning qo‘shimcha qilishicha, agar AQSH “Rossiyaning qonuniy xavfsizlik manfaatlariga putur yetkazgan holda” NATO kuchlarini sharqqa ko‘chirmaganida, Ukrainada urush ro‘y bermagan bo‘lardi.

Yanvar oyida Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH BMTning Sanksiya qo‘mitasiga Shimoliy Koreyadan Rossiyaga qurol yetkazib berilishi ko‘rsatilgan hisobot taqdim etganini ma’lum qilgandi. Kirbi Shimoliy Koreyadan qurol eksport qilish BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri buzish ekanini ta’kidladi.

Dekabr oyi oxirida Kirbi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Shimoliy Koreya qurollaridan foydalanayotganini aytgandi. Kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojin esa Kirbi “spekulyatsiyalarga asoslangan bayonotlar” berayotganini da’vo qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »