Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etish chog‘ida tashlab ketgan qurol-yarog‘lar Kashmirdagi jangarilar qo‘lida ko‘rinish berdi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, NBC xabar berdi.

Foto: AP Photo

 

“AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi chog‘ida qoldirgan qurollari yana bir mojaroda paydo bo‘lib, Janubiy Osiyoning bahsli Kashmir mintaqasidagi jangarilarni qurollantirishda davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, mazkur qurollar “global sayohati”ning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Mahalliy hukumatga ko‘ra, mintaqadagi jangarilar M4 avtomatlari, M16 miltiqlari va Amerikada ishlab chiqarilgan boshqa qurollardan foydalanmoqda, ular avvallari bunday mojaroda deyarli uchramagan. 

Ta’kidlashicha, bunga asosiy sabab 2021-yilda “Tolibon” qo‘liga o‘tgan Amerika qurollari oqimidir. Shu paytgacha qo‘lga kiritilgan Amerika qurollarining aksariyati “Jayshi Muhammad” ekstremistik guruhi va “Lashkari Tayba” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan qo‘llanilgani aytilmoqda.

Srinagardagi qurolli kuchlar vakili podpolkovnik Emron Musaviyning aytishicha, har ikki guruh jangarilari AQSH kuchlari Afg‘onistondan chiqib ketishidan oldin “Tolibon” safiga mashq qilish uchun yuborilgan.

“Ular tashlab ketilan qurollarga ega bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin”, — dedi Musaviy.

2021-yil avgustida AQSH harbiylario Afg‘onistonni tark etayotganda u yerda 7,1 milliard dollardan ortiq harbiy texnika qoldirib ketgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »