Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO Ukrainadagi urushni juda tez tugatishi mumkin, ammo bu holda yadro urushi xavfi keskin ortadi. Ukraina tashqi razvedkasining sobiq rahbari, armiya generali Nikolay Malomujga tayanib, UNIAN xabar berdi.

Foto: Reuters

Generalning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada Rossiya va NATO o‘rtasidagi ehtimoliy to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv ssenariysi ishlab chiqilmayapti. 

“Agar juda samarali operasiya tayyorlanganda, urush tezda tugashi mumkin edi, chunki Rossiya NATO birlashgan kuchlari salohiyatining o‘ndan bir qismiga ham ega emas. Lekin bu, albatta, yadroviy qarama-qarshilik darajasining oshishi va yadro urushiga olib kelishi mumkin”, — dedi Malomuj.

Uning fikricha, agar NATO urushga kirishsa, Rossiya yadroviy strategik hujum qurollarini joylashtirishga harakat qilardi. Dunyo esa global inqiroz va butun insoniyatni yo‘q qilish xavfi yoqasida bo‘lardi.

“Bayden va boshqa dunyo yetakchilari bu chiziqni juda aniq his qilmoqda. Shuning uchun global hujum bo‘lmaydi va hozirda bunday ssenariy ishlab chiqilmayapti. Rossiya NATO davlatlaridan biriga — Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polshaga qarshi hujum boshlagan taqdirda bu ssenariy ko‘rib chiqiladi. Bunda NATOning kuchli armiyasi Rossiya bilan yuzma-yuz keladi. Jarayonda NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlash maqsadida emas, aksincha Rossiya agressiyasiga javoban urushga kiradi”, — dedi Malomuj.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »