Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik arxivi ma’lum qildi

Foto: Permyachok.ru

AQSH Milliy xavfsizlik arxivi Yelsinning 1992-yilda AQSH prezidenti Jorj Bush bilan birinchi ikki uchrashuvi stenogrammasi, sobiq Davlat kotibi Jeyms Beykerning jo‘natmalari, Amerikaning Moskvadagi elchixonasidan kelgan telegrammalar va Rossiya liberal islohotchisi, siyosiy arbob Yegor Gaydar bilan suhbatni ochiqlagan. 

Maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, 1990-yillar boshida Yelsin Ukrainani mamlakatni “asosiy beqarorlashtiruvchi omil” deb atagan. U nizolarni “tinchlik yo‘li bilan” hal etish tarafdori bo‘lgan. Biroq Yelsin “parlamentdagi millatchi guruhlar” xavfi haqida gapirgan. Rossiya sobiq rahbari Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchukni qo‘llab-quvvatlagan, buni Kravchuk Oliy Radada Ukrainaparast kuchlar tomonidan duch kelgan “ichki bosimni tushungan”i bilan izohlagan.

Suhbatlardan birida Yelsin Ukraina “bizning asosiy beqarorlashtiruvchi omilimiz” deb atagan. U Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda voqealarning Yugoslaviya versiyasi bo‘lmasligini qayd etgan.

Xuddi shu mavzuda gapirgan Gaydar ikki tomonlama kelishmovchiliklarni bartaraf etish uzoq vaqt talab qilishini taxmin qilgan, ammo Bushni “Rossiya-Ukraina munosabatlarida Yugoslaviya tipidagi ssenariy amalga oshmaydi”, deb ishontirgan.

Ma’lumot o‘rnida, 1992-yil 1-fevral kuni AQSH va Rossiya prezidentlari Jorj Bush va Boris Yelsin Sovuq urushni yakunlashga oid deklaratsiyani imzolagan edi. Ular ikki mamlakat endilikda bir-birini dushman sifatida ko‘rmasligi, do‘stlik hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi qayd etilgan hujjatga imzo qo‘ygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »