Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Orol dengizining qurigan tubida cho‘l o‘simliklarini yetishtirish uchun navbatdagi mavsum boshlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, buning uchun samolyotlar, deltaplanlar, yuzlab qishloq xo‘jaligi texnikasi va minglab mutaxassislar jalb etildi. Cho‘l o‘simliklarini yetishtirish qurigan dengiz qismidan zararli tuz va changlarning ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi.

2018-yil dekabr oyidan ushbu dasturga Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan edi. O‘tgan davr mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan Orol dengizining qurigan qismida 1 million 620 ming gektar maydonda saksovul, tamariks va boshqa cho‘l o‘simliklaridan iborat o‘rmon barpo etildi.

Orolqumda 2023-yil davomida yana 100 ming gektar maydonda o‘rmonzorlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Qorqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu ishlarga minglab texnika, 4 ta kichik aviatsiya transporti, 2,5 mingdan ortiq odam jalb etiladi.

Foto: FVV matbuot xizmati
Foto:  FVV matbuot xizmati
Foto: Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati
Foto: Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati

Mavsumning ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyev, Ekologiya partiyasi raisi Abdushukur Hamzayev va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Orolning qurigan tubidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »