Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda deputat Shaylobek Atazov Jo‘qorg‘u Keneshda TikTok ijtimoiy tarmog‘i yoshlar mafkurasini yomon tomonga o‘zgartirayotganini aytib, Madaniyat vazirligiga bu borada ish olib borish va chora ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Foto: Ekonomist

Deputat TikTok yoshlarga qanday ta’sir qilishi masalasini o‘rganish zarurligini ta’kidladi.

“TikTok yoshlarga qanday ta’sir qilishini tekshirishni o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma bering. Bizda milliy kampaniya bo‘lishi kerak. Boshqa mamlakatlarda, masalan, O‘zbekiston va Tojikistonda TikTok yomon narsalarni ko‘rsatmaydi", — dedi Atazov.

Uning nutqini deputat Taalaybek Masabirov ham qo‘llab-quvvatladi.

“Albatta, nazoratga olish kerak. TikTokdagi ba’zi narsalarga tomosha qilish ham xavfli, bolalarimiz esa hammasini tomosha qiladi. Bizda bolalarni sportga, urf-odatlarimizga, madaniyatimizga targ‘ib qilish mafkurasi bo‘lishi kerak. Farzandlarim nima tomosha qilayotganini doim nazorat qilaman. Avvaliga bunday narsa yo'q edi, lekin endi ular boshlariga kiyim kiyib tasvirga tushmoqda. Bizning mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan videolar ko‘p”, — dedi Masabirov va ijtimoiy tarmoq qo‘shni mamlakatlarda taqiqlanganini aytdi.

Avval ham Qirg‘izistonda deputat TikTok’ni bloklashni taklif qilgandi. U tarmoqda narkomaniya, spirtli ichimlik reklama qilinishini aytib, tanalar ham ko‘rsatilishini ta’kidlagan. Shuningdek, deputat qirg‘iz mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni e’lon qilinishini qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga doir:

Izoh

Doston Yakubov

01.02.2023, 20:37

ha bizdi diputatlar ancha aqilli. yoshlar ijtimoiy tarmowtar ta'sirida aqlini yo'qotgandan sung shunday bo'ladida

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »