Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 17-soni mavzusi “Amerikada Oʻzbekiston ovozi” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida “Amerika ovozi” jurnalisti Navbahor Imomova taklif etildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

— Men Virjiniya va Merilend shtatlarining shundoq oʻrtasida joylashgan kichik bir shaharda yashayman. U shaharni hamma biladi — Vashington, Amerika poytaxti. Katta shahar emas, 600 mingdan sal oshiq aholiga ega. Ikki daryo — Anakosiya va Potomak daryolarining orasida joylashgan. 15 daqiqa janubga yursangiz, Virjiniya shtatiga, 15 daqiqa shimolga yursangiz, Merilendga chiqasiz. Ushbu ikki shtatda oʻzbekistonliklar anchagina, shaharning oʻzida esa koʻp emas. Men oyiga kamida bir marta bu yoki u shtatga boraman, chunki u yerlarda oʻzbek oshxonalari bor, bahonada vatandoshlar diydor koʻrishamiz. 

U yerda siyosat nihoyatda mahalliy. Dunyoda nima boʻlyapti, Amerika tashqi siyosati hay ahvolda — ularga umuman qizigʻi yoʻq. Koʻcha, daraxt, hayvonlar — ular qanchalik xavfsiz, qanchalik ozoda, chiqindi vaqtida ketyaptimi, Vashington shahri hokimiyati oʻz vazifalarini bajaryaptimi — shu muhim. Biz hamisha onlayn aloqadamiz, yilda bir marta “svet” oʻchishi mumkin, shunda ham darrov muhokamaga aylanadi.

Oddiy misol, qor yogʻdimi — hammaning eshigi kuralishi kerak, qaysi koʻchada, qaysi uy yonida qor kuralmagan boʻlsa, bir-birini uyaltira boshlashadi. Oʻzbekiston mahallalarida Telegram kanal va guruhlar boʻlsa, biz boshqa platformalar — Google, WhatsApp kabilardan foydalanamiz. U yerda darrov yoziladi: “Navbahorning eshigida qor kuralmabdi!” Qor yogʻsa, hamma chiqib oʻz eshigi yonidagi qorni kurab qoʻyishi kerak, bu — talab, chunki kimdir uyingizga kelib qolishi, sizga qanaqadir xizmat koʻrsatilishi mumkin. Agar hovli kuralmagan boʻlsa va siznikiga kelganlarga biror zarar yetsa, jamiyat oldidagi masʼuliyatingiz uchun oʻsha zahoti kurab qoʻyasiz. Yaʼni siz ochiq, eʼtiborli boʻlishingiz hamda davlat yoki xususiy sektor sizga xizmat koʻrsatishi uchun zamin hozirlagan boʻlishingiz kerak.

Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »