Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tibbiyot muassasalaridagi ichki dorixonalar faoliyati qayta koʻrib chiqiladi va kuchaytiriladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov Namangandagi matbuot anjumani davomida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Foto: Jahongir Ahmedov

“Dorixonalarimizda ishlab chiqarish jarayonini yoʻlga qoʻyishimiz, toʻgʻrirogʻi, tiklashimiz kerak. Bu byudjet mablagʻlarini tejash imkonini beradi. Chunki hozir bevosita tibbiyot muassasasida tayyorlanishi mumkin boʻlgan oddiy dori-darmonlarni ham chetdan sotib olyapmiz. Tayyorlashning imkoni boʻlmagan dori-darmonlar esa bevosita ishlab chiqaruvchidan, vositachilarsiz xarid qilinishi kerak. Shunda kasalxonalarimizda bemorlarning dori-darmon bilan taʼminlanish foizi oshadi, narxlar pasayadi, bemorlarning yaqinlari dori-darmon izlab aptekalarga yugurmaydi”, — dedi vazir.

Vazirning aytishicha, ayrim tibbiyot markazlarida shifokorlar bemorlarning yaqinlariga dori-darmonlar roʻyxatini tutqazib, ularning maʼlum bir dorixonalardan xarid qilish va bu haqda muhr urdirib kelishgacha tayinlagan. Ushbu markazlarningi rahbarlari ishdan olingan. 

Inoyatovga koʻra, hozirda ushbu yoʻnalishda vazirlik tomonidan tegishli buyruq tayyorlanmoqda va yaqin orada uning ijrosiga kirishiladi.

Shuningdek, Amrullo Inoyatov bemorlar uchun kafolatlangan tibbiy paketlar borasida ham toʻxtalib oʻtdi. Ular 500 dan ortiq turdagi kasalliklar boʻyicha koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni oʻz ichiga oladi va oilaviy shifokorlik punkti, oila poliklinikasi, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va markaziy shifoxonalarga qarab toifalanadi. Anjumanda viloyatda bu boʻyicha ilk tajriba Namangan tumanida boshlanishi haqida aytib oʻtildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »