Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov 4-fevral kuni vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpogʻiston IIV sobiq xodimi bo‘lgan Polat Shamshetov IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli 4-sonli tergov hibsxonasida vafot etgan.

U sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingandi.

Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boshligʻi, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Mazkur koʻzdan kechirish jarayonlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha (ombudsman) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, P.Shamshetovning advokati va yaqin qarindoshlarining ham ishtiroki taʼminlandi.

Oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Sud-tibbiy ekspertizasi ishchi guruhining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhum oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »