Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekistonda yaqin orada kuchli zilzilalar sodir bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

6-fevral kuni Turkiya Respublikasida sodir bo‘lgan zilzilalar aholi o‘rtasida turli sarosimalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
     
Bu o‘z navbatida, O‘zbekiston hududida seysmogen holat, bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholiga xolis va ishonchli ma’lumotlar taqdim etishni taqozo qiladi. Qayd etilishicha, Turkiya hududi seysmik faol zonada joylashgan bo‘lib, zilzilalar aynan mazkur seysmogen zonalarda sodir bo‘lmoqda. 
     
Bugungi kunda respublikada Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Seysmik vaziyatni baholash va kelgusidagi seysmik vaziyatni prognoz qilish bo‘yicha Idoralararo ekspert komissiyasi faoliyat yuritadi. Mazkur komissiya har hafta bo‘yicha respublika va unga chegaradosh hududlarda zilzila sodir bo‘lish ehtimolligini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaydi. 

Hozirgi kunda zilzilalarni prognoz qilish sohasida seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boriladi. Olingan kuzatuv ma’lumotlari natijalariga asosan Idoralararo ekspert komissiyasining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi M≥5 bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagan hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emasligi ma’lum qilinadi.

Izoh

Farrux Muhammadumarov

06.02.2023, 22:03

Shirk keltirmang nima bolishini alloh bilguchi va alloh buyuk zot

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »