Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistondagi eng yirik “Galkinish” gaz konida yuz bergan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishning to‘xtab qolgani ortidan “Turkmangaz”ning olti nafar mansabdori hibsga olindi. Bu haqda Turkmennews xabar berdi.

Foto: Turkmen news / Shohrat Chopanov

Hibsga olinganlar orasida “Turkmangaz” Moddiy-texnika resurslari va asbob-uskunalar boshqarmasi  rahbari Shohrat Ajdarov, “Turkmangazakdirish” uyushmasi (“Turkmentransgaz”) rahbari vazifasini bajaruvchi Shohrat Chopanov hibsga olingan. Turkmennews’ning mamlakat hukumatidagi manbasining qayd etishicha, “Turkmangaz” rahbari Botir Amanov va uning o‘rinbosari Otamurod Charev hozirgacha jazodan qutulishga muvaffaq bo‘lgan.

Ular “Turkmangaz” faoliyatidagi nosozlikda va xalqaro bozordagi mavqeyini yo‘qotganlikda aybdor ekani aytilmoqda. Bosh prokuratura tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, Galkinish konidan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish majburiy to‘xtatilgani ortidan olti kun davomida yetkazilgan zarar miqdori 59,7 million dollarni tashkil qilgan. Bundan tashqari, Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib bermagani uchun jarima kutmoqda.

“Xitoy konni yanada rivojlantirishga, ya’ni quduqlarni burg‘ilash va gaz tozalash inshootlarini qurishga ko‘z tikmoqda. Katta ehtimol bilan ular ushbu shartnomalarni qo‘lga kiritishi mumkin. Bunday ssenariyda Turkmaniston Xitoyga o‘nlab yillar davomida gazini arzon narxlarda berishi kerak bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

12-yanvardan Turkmaniston “Galkinish” konidagi texnik nosozliklar tufayli O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan. Anomal sovuq konda gidrat hosil bo‘lishiga olib kelgan. Shu sabablarga ko‘ra Turkmaniston–O‘zbekiston–Qozog‘iston–Xitoy gaz quvuri orqali Xitoyga gaz eksporti sezilarli darajada kamaygan.

13-yanvar kuni Serdar Berdimuhamedov neft va gaz sanoatiga mas’ul vazir o‘rinbosari Shohim Abdrahmonov va “Turkmangaz” rahbari Botir Amanovga so‘nggi ogohlantirish bilan qattiq tanbeh bergan. Prezident noroziligining aniq sabablari aytilmagan, biroq Abdurahmonov va Amanov kondagi texnik nosozliklar uchun jarimaga tortilgan, bunga gaz eksportining to‘xtab qolgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: Serdar Berdimuhamedov muzlagan “Galkinish” konini ko‘zdan kechirdi (foto)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »