Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Angrenning “Beruniy” MFYda joylashgan uy molxonasidan 19 yoshli qizning jasadi topildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2004-yilda tugʻilgan qiz R.N. 28-yanvar kuni soat taxminan 18:30 larda uyining molxona toʻsiniga mato bilan oʻzini oʻzi osib, joniga qasd qilgan. Mazkur holat yuzasidan marhumaning yaqinlari va boshqa tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Zoʻravonlikka qarshi kurashuvchi “Nemolchi.uz” loyihasining yozishicha, qizni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit shantaj qilgan. Qiz u bilan uchrashishga kelmasa, allaqanday fotosuratlarini tarqatib yuborish bilan qoʻrqitgan.

Milliy gvardiya matbuot xizmati hozirda Milliy gvardiya xodimi bilan bog‘liq keltirilgan ma’lumotlar tasdiqlanmaganini, surishtiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »