Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainada urush qanday tugashini prognoz qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, urush masalasi 2023-yil oxirigacha hal bo‘ladi, shundan so‘ng “Gʻarb tiz cho‘kadi”.

“Gʻarb tiz cho‘kadi va odatdagidek Yevropa davlatlari Rossiya bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Boshqacha holat kuzatilmaydi", — dedi Checheniston rahbari.

Qodirov Yevropa Ittifoqi mamlakatlari “o‘z siyosatlarining noto‘g‘ri ekanini” tan olishi haqida qayd etdi.

Avvalroq Checheniston rahbari Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganidan beri Chechenistondan 21 mingdan ortiq jangchi jangovar harakatlarda qatnashganini ma’lum qilgandi. U harbiylarning har biri barcha zarur kiyim-kechak va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangani, bu esa “samarali jang qilish” imkonini berishini ta’kidlagan.

Shuningdek, Qodirov Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng shaxsan o‘zi Polshani “denasifikatsiya va demilitarizatsiya” qilish niyatida ekanini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polshaning Sileziya mintaqasi “alohida mustaqil maqomga loyiq”, yildan yilga u yerda hududning avtonom bo‘lishi tarafdorlari ko‘paymoqda. Qodirov u yerda referendum o‘tkazilishi kerakligi va Rossiya uni o‘tkazishda “tashkiliy yordam” bera olishini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »