Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi nemis harbiy kompaniyalariga 178 ta Leopard 1 A5 tanklarini Ukrainaga eksport qilish uchun litsenziyalar berdi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Foto: “RBK-Ukraina”

“Ukrainaga haqiqatda nechta Leopard 1 A5 tanklarining yetkazilishi zaruriy ta’mirlash ishlariga bog‘liq”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, tanklarni ta’mirlash Germaniyaning hamkor davlatlari ishtirokida amalga oshiriladi. Xususan, Niderlandiya va Daniya bu jarayonda ishtirok etmoqda.

Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga Leopard 1 berilishi haqida vazirlik rahbari Boris Pistoriusning Kiyevga tashrifi kuni e’lon qildi. Ukraina Mudofaa vazirligi xabarida keltirilgan Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilning yozigacha Ukraina armiyasi 20—25 ta Leopard 1 tankini, yil oxiriga qadar 80 taga yaqin, 2024-yil davomida esa yana 100 taga yaqin shunday tankni oladi.

Germaniya Ukraina Qurolli kuchlariga Leopard 1 tanklarini yetkazib berishni ma’qullagani haqida o‘tgan hafta Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtreit ma’lum qilgandi. Nemis OAVlari yetkazib beriladigan tanklar soni 88 dan 160 tagacha bo‘lishini yozdi.

Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni Germaniya Leopard 2 tanklarini Ukrainaga topshirishi haqida rasman e’lon qilgandi. Germaniya hukumati Ukraina Qurolli kuchlari Germaniyadan “birinchi qadam sifatida” Bundesver omborlaridan 14 dona Leopard 2 A6 mashinalarini olishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Bloomberg Germaniya kansleri Olaf Sholsning parlamentga qilgan murojaati matniga tayanib, Germaniya va Ukrainaning boshqa ittifoqdosh davlatlari umumiy hisobda 112 ta Leopard 2 tankini Ukraina Qurolli kuchlariga topshirishga rozi bo‘lgani haqida yozdi.

Leoparddan tashqari, Ukrainaga Amerikaning Abrams tanklari va Britaniyaning Challenger’lari va’da qilingan. 27-yanvar kuni Ukrainaning Fransiyadagi elchisi Vadim Omelchenko G‘arb davlatlari Ukrainaga jami 321 tank bermoqchiligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »