Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan Koreya xalq armiyasi komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Koreya ovozi” radiosi.

Foto: Reuters

Tashrif KXAning 75 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan. Qo‘mondonlik binosida bayram ziyofati o‘tkazildi, unda mamlakat rahbari, uning qizi va rafiqasi Ri Sol Chjudan tashqari, Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zolari, Milliy Mudofaa vazirligi rasmiylari, KXA bo‘linmalari komandirlari va boshqa generallar qatnashdi.

Shimoliy Koreyaning rasmiy OAVlarida odatdagidek KXDR yetakchisi qizining ismi tilga olinmagan. E’lon qilingan suratlarda qiz Kim Chen Inning qo‘lidan tutib yurgani, ziyofatda o‘tirgani, generallar bilan suratga tushganini ko‘rish mumkin.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: KCNA
Foto: KCNA
Foto: KCNA

Kim Chen Inning qizi bilan tushgan surati ilk bor 2022-yil noyabrda OAVda chop etilgandi. O‘shanda qiz yangi turdagi “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketaning uchirilishida ishtirok etgan. Noyabr oyida Koreya markaziy axborot agentligi Kim Chen In va uning qizi raketa va harbiy xizmatchilar oldida tushgan suratlarini namoyish qildi. Yanvar oyida ular ballistik raketalar omboriga tashrif buyurishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »