Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oʻzbekiston va Vyetnam neft-gaz va neft-kimyo sanoatida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishi kutilmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston ishchi guruhining Vyetnamga tashrifining ikkinchi kunida Xanoy shahrida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Vyetnam Savdo-sanoat palatasi prezidenti hamda yetakchi kompaniya va uyushmalar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvda elektrotexnika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda faoliyat yurituvchi 10 ta korxona rahbarlari ham ishtirok etdi. 

Maʼlum qilinishicha, MTT direktori Nguyen Van Txan bilan kompaniya ikki loyihani amalga oshirgan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshma loyihalarni hayotga joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Korxona rahbariyati mamlakatda biznes yuritishning muvaffaqiyatli tajribasidan kelib chiqib, baliq yetishtirish va ozuqa ishlab chiqarish yoʻnalishlaridagi yangi loyihalar orqali faoliyatini kengaytirish niyati bilan oʻrtoqlashdi. Vyetnam Viyetnam National Textile and Garment Group raisi V.Ayon bilan muloqotda toʻqimachilik sanoatida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari kelishib olindi.

Shuningdek, “PetroViyetnam” davlat korporatsiyasi raisi Le Man Xun bilan neft-gaz va neft-kimyo sanoatida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar bu boradagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini taʼkidlab, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, geologiya-qidiruv loyihalari boʻyicha sarmoyaviy tashabbuslarni hamkorlikda ishlab chiqishga kelishib oldi. “Vinachem” Vyetnam milliy kimyo guruhi raisi oʻrinbosari Ngo Day Quangga Oʻzbekistonning investitsiyaviy salohiyati haqida batafsil maʼlumot berildi va kimyo sanoati boʻyicha loyihaviy takliflar taqdim etildi. Bir qator investitsiya loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, 1954 Company bosh direktori A. Phung Vyetnamning ilgʻor tajribasiga asoslangan yirik sholi yetishtiruvchi klasterlarni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Uchrashuvlar yakunlari boʻyicha ishtirokchilar oʻzaro hamkorlikning barcha muhokama qilingan yoʻnalishlarida hamkorlikni faollashtirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdi va muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni belgilab oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »