Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada jazo o‘tayotgan mahbuslar “Vagner” safiga qo‘shilishga majburlanayotgani, aks holda ularga yangi jinoiy ish ochish bilan tahdid qilinayotgani aytilmoqda. Bu haqda “Agenstvo” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Ma’lum qilinishicha, mahbuslar Samara va Rostov viloyatlari, Krasnodar o‘lkasi va Shimoliy Kavkaz viloyatlaridagi koloniyalarida bosimga uchragan.

“Ichki ishlar vazirligi yoki federal xavfsizlik xizmati xodimlari koloniyalarga kelib, da’vo muddati o‘tib ketgan bo‘lsa-da, 10-20 yillik eski ishlarni ko‘rib chiqishga va’da berib, urushga borishdan bosh tortganlarga nisbatan ish qo‘zg‘atish bilan qo‘rqitmoqda”, — dedi huquq himoyachisi Yana Gelmel.

Huquq himoyachisi Oksana Asaulenko ham Perm o‘lkasidagi koloniyalardagi shunga o‘xshash bosim usullari kuzatilgani haqida xabar berdi. Misol tariqasida u ozod etilishiga besh oy qolgan mahbusning ishini keltirib o‘tgan. Erkakning onasi so‘nggi suhbatda o‘g‘li “Vagner” bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lganini bildirgan.

Tergov hibsxonalaridagilarga jinoyat ishlarini yopishga va’da berib, “Vagner”ga qo‘shilish taklif qilinayotgani ta’kidlandi.

“Vagner” qanday guruh?

Ko‘plab G‘arb OAVlari Vagner guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vladimir Putinga bo‘ysunishini yozadi. Uning yollanma jangchilari bolalarni o‘ldirish, ayollarni zo‘rlash va qiynoqqa solish, shuningdek, shafqatsiz qotilliklarda ayblanib keladi.

“Konkord” kompaniyasi egasi bo‘lgan Yevgeniy Prigojin 2016-yildan buyon AQSH, 2020-yildan buyon esa Yevroittifoq sanksiyalari ostidadir. Vashingtonda u Internet tadqiqotlari agentligi (trollar fabrikasi) va “Vagner”ni nazorat qilishda ayblangan.

U “Vagner”ga aloqadorligini ko‘p marta rad etgan va bunday ayblovlar sababli sudlashgan, ammo 2022-yil sentabrida u “Vagner” asoschisi ekanini ma’lum qildi. Tashkilotni 2014-yilda, uning so‘zlariga ko‘ra, “Donbassda rus xalqiga nisbatan genotsid” boshlangan vaqtda tuzgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »