Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berishni tezlashtiradi, bu harakat qurollarning frontga bir necha oy yoki yillar ichida emas, bir necha hafta ichida yetkazilishini ta’minlaydi. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi BBC News.

Foto: Getty Images

Sunakning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning Challenger 2 tanklari mart oyida Ukrainaga yetib boradi. Bosh vazirning taʼkidlashicha, oʻtgan hafta Buyuk Britaniyaga mashgʻulotlar uchun kelgan 10 ming ukrainalik harbiy “kelgusi oydayoq” Ukraina hududini himoya qilish uchun Challenger 2 tanklaridan foydalanishni boshlaydi.

Matbuot anjumani oldidan Sunak va Zelenskiy ukrainalik harbiylar tayyorlanayotgan Angliya janubidagi Dorset shahridagi harbiy bazaga tashrif buyurishdi.

Avvalroq bosh vazir matbuot xizmati Buyuk Britaniya Ukrainaga qiruvchi samolyotlarni ham topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergandi. Britaniya bosh vaziri mamlakat Mudofaa vazirligi rahbari Ben Uollesdan Buyuk Britaniya Ukrainaga qaysi turdagi samolyotlarni yetkazib bera olishini aniqlashtirishni so‘ragan. Shu bilan birga, Sunakning taʼkidlashicha, yetkazib berish boʻyicha qaror hali yakuniy emas, biroq Britaniya rasmiylari bunday imkoniyatni “faol koʻrib chiqmoqda”.

Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniyaga 8-fevral kuni uchib keldi. U qirol Charlz III bilan uchrashuv o‘tkazdi va Britaniya parlamentida nutq so‘zladi. Bu uning Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqini boshlanganidan beri ikkinchi xorijiy tashrifi bo‘ldi. 2022-yil dekabr oyida u AQSHga tashrif buyurgandi. Buyuk Britaniyadan keyin Zelenskiy 8-fevral kuni kechqurun Fransiyaga tashrif buyuradi. Shuningdek, u 9-fevral kuni Bryusselda Yevropa parlamentining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so‘zlaydi. U Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammitiga ham taklif qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »