Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan keng ko‘lamli parad ishtirokchilari bilan fotosessiya chog‘ida mamlakat harbiy qudratini mustahkamlash va jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligiga (KCNA) tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: KCNA

Tadbirda Kim Chen In “borgan sari shafqatsiz boʻlib borayotgan imperialistik zulmni kuch bilan bostirish” uchun armiya oʻtmishda hali kuzatilmagan tezlikda kuchayishi zarurligi haqida gapirgan.

KCNA maʼlumotlariga koʻra, KXDR yetakchisi Shimolning gullab-yashnashi “kuchli armiya”ga bogʻliqligini taʼkidlab, “inson kuchli boʻlgandagina shon-sharaf koʻrsatishi”ni qayd etgan.

Shuningdek, Kim Chen In ushbu parad “Shimoliy Koreyaning obro‘-e’tibori va ulug‘vorligini, yuksak sha’ni va porloq kelajagini yanada yaqqolroq namoyon qilishini aytgan.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabardor manbaga tayanib, Shimoliy Koreya 8-fevral kuni Pxenyanda harbiy parad o‘tkazgani haqida xabar bergandi.

AQSHning Maxar Technologies kosmik texnologiya firmasi tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh suratlariga ko‘ra, shimol parad davomida bir qator yangi ballistik raketalarni, shu jumladan “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasini namoyish qilgan. Paradni Kim Chen In rafiqasi va qizi bilan tomosha qilgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Foto: KCNA
Foto: KCNA

Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelganidan beri Shimoliy Koreyada 13 ta harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Avvalgisi 2022-yil aprel oyida Koreya xalq inqilobiy armiyasi tashkil topganining 90 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »