Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat – DABS) O‘zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi normal holatga qaytganini ma’lum qildi. Bu haqda Tolo News xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

DABS rasmiylariga ko‘ra, Kobul aholisi endi sutkasiga to‘qqiz soat elektr energiyasiga ega.

“Bizda hozir hech qanday muammo yo‘q. O‘zbekistondan yetkazilayotgan 400 megavatt elektr energiyasi va mahalliy elektr energiyasi yordamida zavodlarni ta’minlamoqdamiz. Shuningdek, Kobul fuqarolarini kunduzi besh soat, kechasi esa to‘rt-besh soat elektr bilan ta’minladik”, — deydi DABS direktori Hikmatulla Oxundzoda.

Biroq Afg‘oniston Sanoat va konlar palatasining ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat parklarida har kuni bor-yo‘g‘i to‘qqiz soat elektr quvvati mavjud, bu esa mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yetarli emas.

“So‘nggi bir oyda mamlakat sanoati, xususan, Kobulda elektr quvvati yo‘qligi sababli zavodlarimizning qariyb 90 foizi to‘xtab qolgan bo‘lsa, hozirda ularning 50 foizi ishiga tushdi”, — deydi Afg‘oniston sanoat va konlar palatasi deputat Saxi Ahmad Payman.

“Sanoat jarayoni uchun sakkizdan to‘qqiz soatgacha quvvat yetarli emas. Ishlab chiqarish jarayoni uchun kamida 18-20 soat quvvat talab qilinadi. Favqulodda vaziyatda esa atigi 14-15 soat kerak bo‘ladi", — deydi Kobul sanoat va konlar palatasi ijrochi direktori Muhammad Karim.

Ayni paytda ba’zi zavod egalari Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan zavodlarni ko‘proq elektr energiyasi bilan ta’minlashni so‘ramoqda. 

“Yetarli elektr energiyasi yetishmasligi sanoatchilar va mamlakat aholisining iqtisodiy o‘sishini zaiflashtiradi”, — dedi zavod egasi Mohammad Tojik.

DABS ma’lumotlariga ko‘ra, Kobul sanoat parklari 160 megavatt elektr energiyasiga muhtoj va DABS hozirda Kobul zavodlarini 70 dan 100 megavattgacha elektr energiyasi bilan ta’minlay olgan.

22-yanvar kuni “Tolibon” Afg‘onistondagi elektr energiyasi taqchilligi sababli O‘zbekistonga murojaat qilib, elektr energiyasi bo‘yicha shartnomaga muvofiq o‘z va’dalarini bajarishga chaqirgandi.

23-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklanishi rejalashtirilayotganini e’lon qildi.

27-yanvar kuni “Tolibon” O‘zbekistonni yana elektr energiyasi bo‘yicha va’dani bajarmaganlikda ayblagandi.

Izoh

Oybek Boydedayev

11.02.2023, 18:57

ushanchun Namanganda svet õchayapti ekanda

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »