Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina F-16 qiruvchilarini olish bo‘yicha Niderlandiyaga rasmiy so‘rov bilan chiqdi. Buni Niderlandiya mudofaa vaziri Kaysa Ollengren tasdiqladi.

Foto: EPA

Ollengrenning so‘zlariga ko‘ra, bu talabni bajarish oson emas. Samolyot AQSHning mudofaa tizimi bo‘lib, shuning uchun avval AQSH hukumatidan ruxsat olish kerak.

“Biz F-16 berilishini amerikaliklar va boshqa ittifoqchilar bilan muhokama qilishimiz kerak. Va buning oqibatlarini ham jiddiy ko‘rib chiqishimiz kerak, bu bir kechada amalga oshadigan ish emas. Bu borada halol bo‘lishimiz kerak”, — dedi vazir.

Shuningdek, Ukraina armiyasi qiruvchilardan foydalanishidan oldin askarlar tegishli tayyorgarlikdan o‘tishi kerakligi qayd etilgan.

Niderlandiya mudofaa vaziri uzoq istiqbolda Ukraina F-16 lardan foydalaniladigan davlatlardan biriga aylanishini inkor qilmadi.

“Nima bo‘lganda ham mamlakat endi hech qachon avvalgidek rus qiruvchilarini sotib ololmaydi”, — dedi u.

Bunga qadar Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Ukrainaning F-16 qiruvchilarini olish boʻyicha soʻrovini koʻrib chiqishga tayyorligini, biroq hozircha bunday soʻrov kelib tushmaganini aytgan edi.

Avvalroq The New York Times gazetasi AQSH uchinchi davlatlarga Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishga ruxsat berishi mumkinligi haqida yozgandi. Katta ehtimol bilan Ukraina Daniya yoki Niderlandiyadan F-16 qiruvchilarini oladi, deydi The New York Times gazetasining Yevropa va Amerika rasmiylari orasidan anonim suhbatdoshlari. Ularning aytishicha, xususan, Niderlandiya ixtiyorida 40 ga yaqin F-16 samolyotlari mavjud. 

“Bu haqda gapirayotgan boshqa davlatlar ham bor. Ular taklif bilan chiqsagina, biz muzokaralar olib boramiz, deb o‘ylayman”, — dedi AQSH Mudofaa vazirligidagi Politico manbasi. Uning ta’kidlashicha, Pentagon samolyotlar yetkazib berilishiga e’tiroz bildirmaydi, aksincha “buni ustuvor qo‘yishda davom etadi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »