Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Superligasi yana jonlandi. Musobaqa atrofidagi gap-so‘zlari yana ko‘payib qoldi. 

“Barselona”, “Real” va “Yuventus” Superligani qayta ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi. Musobaqaning yangi talqinida bir nechta divizionlar va unda ishtirok etuvchi 60-80 ta klub bo‘ladi.

Yevropa Superligasi bosh direktori Bernd Reyxart Germaniyaning Die Welt gazetasida o‘z maqolasini e’lon qildi va unda turnirga asos bo‘ladigan 10 ta tamoyilni tilga oldi. 

Yevropa Superligasiga asos bo‘luvchi 10 tamoyil.

1.Turnir markazida sport yutuqlari turadi. 

Superligada 60 tadan 80 tagacha jamoa ishtirok etadi. Bu bir nechta divizionlarga bo‘lingan ochiq musobaqa bo‘ladi. Daromad turnirning barcha a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi. Superligada ishtirok etish mavsumdagi sport natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Unda doimiy a’zolar bo‘lmaydi. 

2. Milliy chempionatlar — futbolning asosidir.

Klublar avvalgidek milliy chempionatlarda o‘ynashda davom etadi. Yevropa Superligasi tashkil etilishi bilan milliy chempionatlar yanada qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda, chunki yangi turnir ishtirokchilarni qo‘shimcha resurslar bilan ta’minlaydi. 

3. Barqaror daromad olish orqali raqobatbardoshlikni oshirish

Daromadning o‘sishi va moliyaviy barqarorlik qoidalariga qat’iy rioya qilish orqali Yevropa klublari raqobatbardoshlikni yanada oshiradi. Yevropa Superligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan klublarga bir mavsumda kamida 14 ta Yevropa darajadasidagi o‘yinlar kutib turadi. Shuning hisobiga daromad barqaror bo‘ladi. 

4. Futbolchilarning sog‘ligi — eng muhimi.

Yillik o‘yinlarning soni haqida gapirayotganda birinchi navbatda sportchilarning sog‘ligi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinchilar uyushmasini e’tiborini ham jalb qilish lozim. O‘yinlar soni hozirgidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Qayd etilishicha, uchinchi tomon futbolchilarni yangi musobaqalarda va eskilarining kengaytirilgan talqinlarida ishtirok etishga majburlay olmaydi. 

5. Moliyaviy barqarorlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi lozim.

Yevropa klublari musobaqalarini jamoalarning o‘zlari tashkil etishi kerak. Klublarning sarf-xarajatlari raqobatni buzadigan sarmoya kiritishga emas, balki faqat ishlab topilgan mablag‘larga asoslangan bo‘lishi kerak. Moliyaviy barqarorlik qoidalari klublarga futbol bilan bog‘liq yillik daromadlarining faqat belgilangan foizini maosh va transferlarga sarflash imkonini beradi. 

6. Dunyoning eng yaxshi sport musobaqasi.

Yangi turnir dunyoning eng qiziqarli sport tadbiri darajasiga chiqishi kerak. AQSHda sport va raqamli o‘yin-kulgularning dunyo bo‘ylab tarqalishiga ishtiyoqli yosh avlodning futbolga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlash kerak. Bunga dunyoning eng yaxshi futbolchilari mavsum davomida muntazam ravishda uchrashadigan turnir orqaligina erishish mumkin. 

7. Muxlislar uchun ham yaxshi tajriba. 

Muxlislar bilan muloqot orqali futbolni qanday yaxshilash bo‘yicha g‘oyalarni ishlab chiqsa bo‘ladi. Mehmondagi o‘yinlarga tashrif buyurishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur. Stadionlarga yagona, yuqori sifat darajasiga olib chiqadigan infratuzilma standartlarini o‘rnatish lozim. 

8. Ayollar futbolini moliyalashtirishni yaxshilash.

Ayollar futbolini rivojlantirishda davom etish kerak, shuning uchun uni moliyalashtirishni sezilarli darajada oshirish zarur. Investitsiya nafaqat professional, balki havaskor darajalarga ham kerak. 

9. Birdamlik to‘lovlarining sezilarli darajada oshishi. 

Superligada ishtirok etmayotgan klublarga birdamlik to‘lovlari, shuningdek, ijtimoiy maqsadlardagi to‘lovlar yiliga kamida 400 million yevroni tashkil etadi — bu hozirgidan ikki baravar ko‘p. 

10. Yevropa Ittifoqi qadriyatlari va qonunlari hurmat qilinishi kerak. 

Yevropa Ittifoqining qadriyatlari, qonunlari va erkinliklari Yevropa klublari futbolining asosini tashkil qilishi kerak. Sport tribunallarining yurisdiksiyasi faqat sport masalalari bilan cheklanishi lozim. Boshqa barcha nizolar vakolatli sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va barcha ishlar Yevropa Ittifoqi adliya organlarining nazorati ostida bo‘lishi kerak. 

APLning ayrim jamoalari musobaqa ishtirok etishni xohlamayapti

Foto: Sky Sports

Sky Sports nashrining xabariga ko‘ra, Premyer Liganing bir nechta jamoasi loyihani “kulguli” deya hisoblab, undan masofa saqlab turibdi. 

APLning 5 jamoasi Superligada ishtirok etishdan bosh tortgan. Nomi oshkor etilmagan London klubining rahbarlaridan biri yangilangan loyihani “quruq gap” deb hisoblagan. 

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag Superliga haqida quyidagicha fikr bildirdi: “Boshqalar bu loyihani o‘rganmoqda va shundan so‘ng menga xabar berishadi. Vaqti kelib qandaydir qaror qabul qilinadi. Albatta, bu haqida klub qayg‘uradi.

Hozirgi tizimni (Yevropa futboli) yaxshi deb hisoblayman, biroq futbolni yaxshilash uchun qanaqadir o‘zgarishlar qilinishi lozim, hayot shunaqa.

Odamlar har doim eng zo‘rini qurishga harakat qiladi. Agar bu futbolga foydali bo‘lsa, diqqatga sazovor bo‘ladi”. 

Superliga rahbariyati APL klublarining noroziligidan xavotirda emas

“Loyihamiz bitta hududga bog‘lanib qolmagan. Hech narsani istisno qilmayman va biz Yevropaning eng yaxshi turnirini o‘tkazishni xohlayapmiz.

Agar biror mamlakat, futbol assotsiatsiyasi yoki biror liga bizga qo‘shilishni istamasa, loyiha o‘ldi degani emas”, — aytib o‘tdi Yevropa Superligasi loyihasi bosh direktori Rayxart. 

La Liga rahbari ham Superligani tanqid ostiga oldi

Foto: Getty Images

“Aldanib qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Bu top-jamoalarning Yevropa futbolini egallashga qaratilgan yangicha urinishi. Yillar davomida top-jamoalar bir necha bor Yevropa futbolining turli organlarini garovga olib, ko‘proq pul va kuchga ega bo‘lgan.

Superliga bosh direktori — Yevropa futbolini to‘liq nazorat qilish va uni hamma uchun emas, balki faqatgina elita uchun sport turiga aylantirishni maqsad qilgan top-jamoalarning yangi yuzidir. 

Rayxart va uning do‘stlari tomonidan o‘ylab topilgan musobaqa hozirgi futbol modeliga nisbatan ko‘tarilgan qo‘zg‘olon. U haqiqatan ham ligalar yetakchilarini shunday johil deb hisoblayaptimi?

Milliy chempionatlarda g‘alaba qozonish Yevropaning yuqori divizioniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishni kafolatlamaydi. U faqatgina katta klublar uchun ataladi. 

Janob Rayxart va uning do‘stlari o‘zlarini eng aqlli, UEFA, assotsiatsiyalar, ligalar, klublar va muxlislarni ahmoq deb o‘ylayaptimi?”, — deydi La Liga rahbari Xavyer Tebas. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »