Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov agar Rossiya prezidenti Vladimir Putindan buyruq olsa, chechen bo‘linmalari hatto Amerikaga ham borishi mumkinligini aytdi.

Foto: Telegram / @Kadyrov_95

“Agar Oliy bosh qo‘mondon tegishli buyruq bersa, biz hatto Amerikaga ham borishga tayyormiz, Moldovani ancha ortda qoldiramiz. Bunday buyruqlar muhokama qilinmaydi, amalga oshiriladi. Uni tatbiq etish uchun bizda barcha zarur kuch, vosita va texnika mavjud”, — dedi u.

Shu tariqa Ramzan Qodirov Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilovning Rossiya chechen bo‘linmalarini Moldovaga yuborishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Qodirovning ta’kidlashicha, bunday “o‘ziga ishongan mutaxassislar” Rossiyaning rejalarigacha “ancha o‘qishi kerak”, G‘arbning “Rossiyani parchalashga urinishlari” esa 1990-yillardan beri davom etmoqda.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moldova prezidenti Mayya Sanduga “Moldovadagi siyosiy vaziyatni yo‘q qilish bo‘yicha Rossiyaning batafsil rejasi”ni ifodalovchi hujjatni topshirganini ma’lum qilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov nima haqida gap borayotganini bilmasligini aytib, jurnalistga javob olish uchun Zelenskiyning o‘zi bilan bog‘lanishni maslahat berdi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb davlatlari Moldovani “navbatdagi Ukraina” sifatida ko‘rayotganini aytgandi. Moldova Ukrainadagi urush tufayli Rossiya bilan aloqalarni uzgan. Moldova razvedkasi rahbari Rossiya qo‘shinlarining Ukraina orqali Moldova tomon harakatlanishi xavfini “real va juda yuqori” deb atagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »