Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

SpaceX kompaniyasi (Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘iga egalik qiladi) rahbari Ilon Mask Starlink terminallari tufayli Ukrainadagi urushning kuchayishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

Foto: AP Photo

Uning so‘zlariga ko‘ra, Starlink tarmog‘idan internetga ulanishning boshqa yo‘li bo‘lmagan front chizig‘ida foydalanilmoqda.

“Ammo biz uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskinlikka yo‘l qo‘ymaymiz”, — deb yozdi Mask Twitter’da.

Mask uni Starlink’ning Ukrainada to‘liq ishlashini tiklashga chaqirgan foydalanuvchilardan birining postiga shunday javob qaytardi. U Starlink terminallaridan harbiy maqsadlarda foydalanmaslik lozimligini qayd etdi.

Fevral oyi boshida SpaceX kompaniyasi Ukraina harbiylari uchun dronlarni boshqarishda Starlink tarmog‘idan foydalanishni taqiqladi.

“Bilamizki, harbiylar ularni aloqa uchun ishlatishadi va bu normal holat. Ammo biz hech qachon undan tajovuzkor maqsadlarda foydalanish niyatida bo‘lmaganmiz”, — dedi kompaniya prezidenti Gvinn Shotvell.

Ukraina prezidenti ofisining maslahatchisi Mixail Podolyak SpaceX kompaniyasidan “yo Ukraina va erkinlik huquqi tomonda”, yoki Rossiya tomonda bo‘lish haqida bir qarorga kelishni so‘radi.

Yanvar oyi o‘rtalarida mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari – raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorov Ukrainada 30 mingta Starlink terminali borligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »