Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga fashistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Gitler kabi o‘zini otishi uchun pistolet yuborishini aytdi. Qodirov Rossiya-1 telekanaliga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

Foto: Telegram / @RKadyrov_95

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurol Ukraina prezidenti uchun maxsus saqlanib kelinmoqda va u o‘qlangan. Checheniston rahbari qurolni Zelenskiyga “munosib qadam tashlashi uchun” yuborishini aytdi.

U Ukraina bilan “yakkama-yakka” muzokaralar olib borishga tayyorligini, “psixolog” bo‘lgani uchun Zelenskiyni kerakli narsani qilishga majburlay olishini ta’kidladi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, agar Rossiya prezidentining buyrug‘i bo‘lsa, rus qo‘shinlari Kiyev kirib borishi va uni egallashi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Bizda Kiyevga yeta oladigan tirik kuch bor. Bugun Oliy Bosh Qo‘mondonning buyrug‘i bo‘lsa, barcha bo‘linmalar bunga tayyor. Keyingi vaziyat prezident qanday qaror chiqarishiga bog‘liq”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »