Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hukumati so‘nggi yillarda mamlakat prezidenti Vladimir Putinning qarorgohlariga olib boruvchi temiryo‘l liniyalari hamda bir nechta maxfiy stansiyalarni qurgan, deb xabar bermoqda “Proyekt” nashri.

Foto: AP Photo

Putinning Novgorod viloyati Valday shahridagi qarorgohidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qo‘riqlanadigan vertolyot maydonchasi va temiryo‘l stansiyasi joylashgan. “Proyekt” jurnalisti uni 2022-yilning kuzida Dolgi Borodi qishlog‘i yaqinidagi Valday milliy bog‘i hududida aniqlagan. Nashr tomonidan o‘rganilgan sun’iy yo‘ldosh suratlariga ko‘ra, Valdaydagi Putin uchun vokzal va temiryo‘l 2019-yilda qurilgan. Ulardan faqat prezident harakati uchun foydalaniladi, dedi “Proyekt”ga 3 nafar mahalliy aholi.

Putinning Moskva viloyati Novo-Ogaryovo tumanidagi qarorgohi yaqinidagi temiryo‘l vokzali 2015-yilda qurilgan — sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar shuni ko‘rsatmoqda. Stansiya qarorgohdan 400 metr uzoqlikda joylashgan. Uning ostidagi yer o‘sha paytlarda Rossiya hukumatini boshqargan Dmitriy Medvedevning qarori bilan xususiy mulkdan ajratib berilgan. Stansiya baland panjara ortiga yashiringan.

“Proyekt” ma’lum qilishicha, 2017-yilda Sochida Putinning “Bocharov ruchey” qarorgohi yaqinida temiryo‘l platformasi va boshi berk temiryo‘l tarmog‘i qurilgan bo‘lib, u boshqa poyezdlar harakatlanadigan relslardan panjara bilan bekitib qo‘yilgan

Avvalroq “Dosye” surishtiruv markazi 2021-yilning ikkinchi yarmida Rossiya prezidenti tashqi ko‘rinishidan oddiy poyezddan unchalik farq qilmaydigan zirhli poyezdda harakatlana boshlagani haqida xabar bergandi. Sota nashri prezidentning zirhli poyezdidan Moskvadagi Komsomolskaya maydoni yaqinida joylashgan maxsus stansiyada foydalanilayotgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qildi. “Proyekt” bilan suhbatlashgan Rossiya temiryo‘llari sobiq mashinistining so‘zlariga ko‘ra, zirhli poyezd Moskva-Kalanchevskaya vokzalidagi depoda joylashgan. Yuqori martabali shaxslar uchun yopiq vokzal mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »