Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Olimlar cho‘kkan “Titanik” kemasining avval e’lon qilinmagan kadrlarini namoyish qildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Bu kadrlar Jeyms Kemeronning 1997-yilda suratga olingan “Titanik” filmining 25 yilligiga atab e’lon qilingan. Kadrlar tadqiqotchilar 1985-yil sentabr oyida kema halokatini aniqlaganidan bir necha oy o‘tib suratga olingan. Qora va oq tasvirlar laynerning old qismini va uning palubalaridan birini ko‘rsatadi. Tasvirda yo‘lovchi kemasining boshqa qismlari ham aks etgan.

Okeanograf Robert Ballardning ta’kidlashicha, u suv ostiga tushganida ko‘rgan birinchi narsa “100 fut balandlikda joylashgan ulkan po‘lat devor”edi.

“Titanik”ning fojiali hikoyasi

“Titanik” Britaniyaning yo‘lovchi paroxodi. Qurilish vaqtida u dunyodagi eng katta layner edi. “Titanik” 1912-yil 14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi Sautgemptondan Nyu-Yorkka ilk sayohatida aysbergga urilishi oqibatida cho‘kib ketgan. Tabiiy ofat oqibatida 1 500 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »