Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston janubi-sharqida yuz bergan qor ko‘chkilari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi: 14 kishi Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida, bir kishi Dushanbe-Varzob avtomagistrali hududida ko‘chki qurboniga aylandi. Bu haqda 16-fevral kuni Respublika Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi

Respublika janubi-sharqida 13-fevraldan 15-fevralgacha jami 27 ta qor ko‘chkisi qayd etilgan. Eng yiriklaridan biri Xorug‘ shahri Nosir Xisrav nomidagi mahallani qamrab olgan. Oqibatda to‘rtta uy butunlay vayron bo‘lgan, 35 ta uy va 5 ta xo‘jalik obyekti qisman vayron bo‘lgan. 12 kishi turli tan jarohatlari olgan. 400 dan ortiq xonadon aholisi xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan. Zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Uning topshirig‘iga ko‘ra tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilib, jabrlangan oilalarga oziq-ovqat, issiq kiyim va zarur uy-ro‘zg‘or buyumlari yetkazib berilmoqda.

Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining ko‘plab tog‘li hududlarida qor ko‘chkilari kuchli qor yog‘ishi ortidan yuzaga kelgan. FVQ maʼlumotlariga ko‘ra, Xorug‘ va viloyat tumanlarida qor qoplamining qalinligi 20 santimetrdan 1,2 metrgacha (tog‘li qishloqlarda) o‘zgarib turibdi.

Tog‘li Badaxshonda, Hisor tizmasi tog‘larida, shuningdek, qator avtomagistral yo‘llarda 19-fevralgacha katta qor ko‘chkisi va toshlar yumalab tushishi xavfi saqlanib qolmoqda. FVQning qutqaruv guruhlari qiyin va sirpanchiq yo‘llarda kecha-yu kunduz ishlaydigan navbatchilik tashkil etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »