Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qahramonmarash Turkiyaning zilziladan eng ko‘p talafot ko‘rgan viloyatlaridan biri hisoblanadi. Mazkur viloyat markazidagi ko‘p qavatli uylar deyarli vayron bo‘lgan. “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev Turkiyaga safari davomida Qahramonmarashda ham bo‘lib, hududdagi holatni tasvirga oldi, jabrlanganlar bilan suhbatlashdi.

Qahramonmarashda zilziladan jabrlanganlar uchun alohida yashash joyi tashkil etilib, chodir uylar tikilgan. Bu uylarda aholi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

“Assalomu alaykum, zilzila sabab bizning uyimiz shikastlandi. Katta zarar ko‘rdik, ammo hukumatimiz yolg‘iz qoldirmadi. Chodir uylar tikib berdi, har kuni uch mahal xabar olib, ovqatlar bilan taʼminlamoqda. Buning uchun hukumatimizga rahmat. Bizda hozir barchasi yetarli, Allohga shukr, davlatimiz kam qilmayapti. Men O‘zbekistonni juda yaxshi ko‘raman, o‘zbekistonliklarga salom yo‘llayman”, — deydi chodir uylarda yashovchi, zilziladan jabrlangan 10 yoshli bola.

Hudud sovuq bo‘lgani uchun chodir uylar maxsus, o‘tin va ko‘mir yoqilg‘isini yoquvchi pechlar bilan taʼminlangan.

“To‘satdan yuz bergan zilzilani sezishimiz bilan o‘zimizni bino tashqarisiga urdik. Hammasi ko‘z o‘ngimizda yerga cho‘kdi. Egnimizdagi shu libosimiz bilan qoldik. Ayni damda chodirlarda yashayapmiz, bularni his qilish juda og‘ir”, — deydi zilziladan jabr ko‘rgan suhbatdoshlardan yana biri.

Suhbatdoshning tan olishicha, zilzila paytidagi vahima ularni hamon tark etmagan. Shunday bo‘lsa-da, jabrlanganlarning viloyatning chekka qishloqlarida yashovchi qarindoshlari ularning yoniga kelib, dalda bo‘lmoqda.

«Bizni yo‘qlab O‘zbekistondan kelibsiz, Sizga rahmat. Ha, bu ofat biz uchun kutilmaganda yuz berdi. Hatto yon-atrofda davlat xalqini tashlab qo‘ydi, degan gaz-so‘zlar tarqaldi. Bu xato, chunki mana chodirlarimiz bor, ovqatimiz yetarli. Mahsulotlar tugashi bilan yetkazishmoqda. Qizil yarim oy, AFAT tashkilotlari ko‘makka kelgan. Bu davlat sohibsiz emas, davlat bu yerda — oramizda. Harbiy kuchlarimiz yetarli, politsiyamiz, askarlarimiz yetarli. Har tomondan yordam kelib turibdi. Men O‘zbekistonni, u yerdagi turkiy qardoshlarimizni hurmat qilaman. Xalqingizga salomimni yo‘llayman, biz birgamiz», — deydi Eshiqli To‘sin bobo.

To‘sin boboning aytishicha, u zilzila sabab 35 nafar qarindoshlarini yo‘qotgan.

“Bunday ofat hech kimsaning boshiga tushmasin, shu zilzila sabab men 35 nafarga yaqin yaqin qarindoshlarim, qudalarimdan ayrildim. Yaratgan shuni buyurgan ekan, sabr qilamiz”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »