Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya armiyasining Ukrainaga avval prognoz qilingan bahorgi hujumi boshlandi, deb ma’lum qildi Vladimir Zelenskiy BBC bilan suhbatda.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

“Rossiya hujumlari allaqachon bir necha yo‘nalishda amalga oshirilmoqda”, — dedi Ukraina prezidenti.

Uning taʼkidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari o‘zlari qarshi hujumga o‘tguncha Rossiya hujumlarini qaytarib turadi. Lekin buning uchun Ukrainaga ko‘proq G‘arb qurollari kerak. “Qurol — bu Rossiya tushunadigan yagona til”, — dedi Zelenskiy.

Bundan tashqari, u Ukraina Vladimir Putin bilan hech qanday hududiy yon berish yoki murosaga bormasligini aytdi.

“Bugun bizning omon qolishimiz, birligimiz yagona maqsad. Biz Yevropa tomon ketyapmiz, Ukraina shu yo‘lni tanladi. Bularning barchasini boy berib bo‘lmaydi. Ukraina xavfsizlik kafolatlarini xohlaydi, biz hammamiz buni xohlaymiz — biz birdammiz. Shunday ekan, har qanday hududiy murosa davlatimizni zaiflashtiradi. Gap ’murosa’ so‘zida emas. Nega undan qo‘rqish kerak? Hayotda millionlab masalada murosa qilamizku. Savol kim bilan murosa qilishda. Putin bilanmi? Yo‘q! Nega? Chunki unga ishonch yo‘q”, — deydi Zelenskiy.

Ukraina va G‘arb razvedkasi Rossiya Ukrainaga yangi hujumni rejalashtirayotgani haqida bir necha bor ogohlantirgan, bu esa bosqinning yilligiga to‘g‘ri kelishi mumkin. The Washington Post gazetasi keltirgan G‘arb davlatlari va Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda Rossiya Ukrainada 300 mingga yaqin odam to‘plagan, bu bosqinning boshidagi odamlaridan ikki barobar ko‘p. G'arb davlatlari Rossiya urushga yana bir necha yuz ming kishini jalb qilishini prognoz qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »