Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hozircha hech bir davlatdan jangovar samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha va’da olmadi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Germaniyaning Funke media guruhi va Fransiyaning Ouest-France gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Shu paytgacha hech bir davlat qiruvchi samolyotlar yetkazib berish majburiyatini olgani yo‘q. Ammo Buyuk Britaniya singari ayrim hukumatlar ukrainalik uchuvchilarni G‘arb qiruvchilariga o‘rgatishi haqida eʼlon qilgan, boshqalari ham tez orada shunday qiladi”, — dedi Kuleba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qiruvchilar dushman raketalarini urib tushirish orqali Ukraina havo mudofaasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin edi. Bundan tashqari, ular “qarshi hujum uchun” muhim ahamiyatga ega. “Bizni birinchi navbatda, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya qiruvchilari qiziqtirmoqda”, — dedi vazir va bu davlatlar “eng yuqori ishlab chiqarish quvvatlari va eng yirik samolyot parklariga” ega ekanini taʼkidladi.

Avvalroq Ukraina F-16 qiruvchilarini so‘rab Niderlandiyaga rasmiy murojaat bilan chiqqandi. Bunga qadar The New York Times gazetasi AQSH uchinchi davlatlarga Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishga ruxsat berishi mumkinligi haqida yozgan. Katta ehtimol bilan Ukraina Daniya yoki Niderlandiyadan F-16 qiruvchilarini oladi, deydi The New York Times gazetasining Yevropa va Amerika rasmiylari orasidan anonim suhbatdoshlari. Ularning aytishicha, xususan, Niderlandiya ixtiyorida 40 ga yaqin F-16 samolyotlari mavjud. 

“Endi urushni diplomatiya yordamida to‘xtatib bo‘lmaydi”

Dmitriy Kuleba ayni damda Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishning iloji yo‘q, degan fikrni ham bildirdi. “Menga diplomatik tashabbuslar orqali tinchlikka erishmoqchi bo‘lganlar yoqadi, chunki o‘zim diplomatman. Lekin bunday tashabbusni qanday qilib amalga oshirish mumkin? Tinchlik narxi Rossiyaning bosib olingan hududlarda qolishiga teng bo‘ladimi?” — so‘radi Ukraina tashqi ishlar vaziri ritorik tarzda.

“Rossiya bilan har qanday muzokaralar avvalida quyidagicha bo‘lishi kerak: Ukrainaning hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanishi shart. Buni muzokara qilib bo‘lmaydi”, — dedi u. Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik va diplomatiya tarafdorlarining ko‘pchiligi “aslida faqatgina Ukraina Rossiyadan mag‘lub bo‘lishini xohlaydi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »