Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Kongressi Senatidagi ozchilik respublikachilar yetakchisi Mitch MakKonnell F-16 qiruvchilarinining Kiyevga berilishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda “RBK”.

Foto: Zuma

“Agar bu menga bog‘liq bo‘lganda, shunday qilardim. Ha, shunday qilardim. Biz ularga (ukrainaliklarga) imkon qadar tezroq urushda g‘alaba qozonishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani berishimiz kerak”, — dedi MakKonnell AQSH F-16 samolyotlarini Ukrainaga beradimi, degan savolga javoban.

“NATO ittifoqchilari Ukrainaga kutilganidan ko‘ra ko‘proq qurol bermoqda”, — ta’kidladi Makkonel. “Ammo jarayonni tezlashtirish va qog‘ozbozlikdan xoli qilish kerak”.

Avvalroq Oq uy AQSH boshqa davlatlarning Ukrainaga qiruvchilar berishini olqishlashi, biroq Amerika hukumatining o‘zi bunday yordamni va’da bermasligi haqida ma’lum qilgandi.

16-fevral kuni bir guruh amerikalik senatorlar AQSH prezidenti Jo Baydenni Kiyevga qiruvchilar va uzoq masofaga uchuvchi raketalar yetkazib berishga chaqirdi. Ularning fikricha, Vashington ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashni ham boshlashi kerak.

“Ularga (ukrainaliklarga) zarur bo‘layotgan navbatdagi narsa bu qiruvchilar. Havo kuchlarisiz birlashgan qurolli operatsiyalarni amalga oshirib bo‘lmaydi. MiG-29 samolyotlari eskirgan”, — dedi Janubiy Karolinadan respublikachi senator Lindsi Grem.

The New York Times gazetasining yozishicha, AQSH prezidenti ma’muriyati F-16 samolyotlarini uchinchi davlatlar, jumladan Daniya yoki Niderlandiya orqali Kiyevga topshirishni istisno etmagan. 10-fevral kuni Ukraina hukumati Niderlandiyaga F-16 qiruvchilarini so‘rab ariza yubordi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »