Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti ma’muriyati Ukrainadan frontdagi sa’y-harakatlarini kuchaytirishni va qarshi hujumga o‘tishni talab qildi. Bu haqda o‘zining anonim manbalariga tayanib, Politico xabar berdi.

Foto: AP Photo

Nashr ismi keltirilmagan AQSH rasmiylariga iqtibos keltirgan holda bunday shoshqaloqlikning bir qancha sabablarini keltirib o‘tdi:

  • Ukrainaning Yevropada joylashgan ittifoqchi davlatlarining yordami kelajakda cheklangan bo‘lishi mumkin;
  • qarshi hujum yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak, chunki hozircha Ukraina qurolli kuchlari Vashingtondan texnik yordamni bepul oladi;
  • Ukraina jang maydonida oldingi yutuqlarini mustahkamlashi kerak;
  • Ukraina mudofaa holati keskinlashmoqda. Rossiya armiyasi esa buning fonida hujumga faol tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda;
  • AQSH Kongressining Vakillar palatasida respublikachilar Ukrainaga moliyaviy va texnik yordam tarafdorlari bilan to‘qnashishi mumkin.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 15-fevral  kuni ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yopiq Zoom anjumanida Qrimning Ukrainaga qaytarilishi Putin uchun “qizil chiziq” bo‘lishini aytdi. Rasmiy Vashington esa vaziyatni bunday chegaraga olib chiqmoqchi emas. Politico AQSH vakillari Ukraina harbiylarimizdan kutayotgan qarshi hujumining yakuniy maqsadlari haqida ham yozgan.

13-fevral kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya allaqachon Ukrainada keng ko‘lamli hujum boshlaganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar “agressiv” mamlakat frontda yetarlicha “sifat”ga ega bo‘lmasa, bu minglab jangga yuborilgan rus askarlari soni bilan qoplanadi.

AQSH o‘z auditorlarini Donbassga yuboradi. Pentagon vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri jangovar zonada audit o‘tkazadigan 177 nafar auditor va tergovchilardan bir nechtasi yaqin orada Ukrainaga kelishi mumkinligini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »