Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kim Chen Inning singlisi va Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Kim Yo Chjon KXDR raketalari Janubiy Koreyaga qaratilmaganini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Koreya Markaziy telegraf agentligi

Uning bayonoti KXDR 18-fevral, shanba kuni Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirganidan so‘ng e’lon qilindi. Pxenyan raketa 67 daqiqada 989 kilometr uchib, dengizga qulagani, parvozning maksimal balandligi 5,77 ming kilometrni tashkil qilganini ta’kidlagan.

“Janubiy Koreya o‘zini jasur qilib ko‘rsatib, hozirgidek hamma narsaga burnini suqmasligi kerak. Bunday xatti-harakatlar qanday muammoga olib kelishini o‘ylab ko‘rishlari yaxshiroqdir. Bizning ballistik raketalarimiz hech qachon Seulni nishonga olmaydi. Bizda hali ham Janubiy Koreya bilan shug‘ullanish istagi yo‘q”, — dedi u.

Pxenyanning fikricha, Vashington va Seul harbiy ustunlikka erishish va “Koreya yarim orolida hukmron mavqe”ni egallashni maqsad qilgan.

“Kundan kun, soatma-soat mintaqadagi barqarorlik buziladi va vaziyat yanada og‘irlashadi”, — deya qo‘shimcha qildi Yo Chjon. 

U AQSHni “dunyoni KXDRga dushman emasmiz va muloqotga tayyormiz” deb aldashni bas qilishga chaqirdi. KXDRga ko‘ra, bu muzokaralar vaqtni sotib olishga qaratilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »