Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda issiqxonalar, korxonalar, ijtimoiy obyektlarning bir qismi  gazdan ko‘mirga o‘tkaziladi. Bu haqda “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, 2023-yilda 5407 ta ijtimoiy obyekt, 1 147 ta issiqxona, 250 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona isitish tizimi ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladi. 

Isitish tizimi tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladigan ijtimoiy obyektlarning 2229 tasi bolalar bog‘chasi, 2432 tasi xalq ta’limi obyektlari, 746 tasi sog‘liqni saqlash muassasalaridir. Ularni isitish uchun qo‘shimcha 184 455 tonna ko‘mir talab etiladi.

Xususan, Toshkentda 20 ta maktab isitish ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladi: Bektemir tumanida 4 ta, Mirzo Ulug‘bekda 2 ta, Sergelida 6 ta, Yangihayotda 5 ta va Yashnobodda 3 ta maktab. Buning uchun qo‘shimcha 600 tonna ko‘mir talab etiladi.

Ushbu maktablarni ko‘mirga o‘tkazishga poytaxt hokimi o‘rinbosari Shohrux Rahimjonov, tuman va shahar hokimliklarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari mas’ul bo‘ladi.

Izoh

TAVSIYA ETILADI

20.02.2023, 08:41

kun isigsnda komirga otkazilar iloji bosa yozda otkazip qiwda yaqmelar

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »