Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Chimkent shahrida 20-fevral kuni o‘zbekistonlik erkak qurol do‘koniga hujum qildi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 14:40 da Ilyayev va Risqulbekov ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurol-yarog‘ do‘konida signal tugmasi ishga tushgan. Voqea joyiga xavfsizlik xodimlari yetib kelgan. Ular va qurollangan o‘zbekistonlik erkak o‘rtasida do‘konda otishma sodir bo‘lgan. 

Hodisa oqibatida, qo‘riqchilardan biri yaralangan. Qurollangan erkak yordamga kelgan patrul politsiyasi xodimlari va Turon tumani IIB kriminal politsiyasi tergovchisi tomonidan qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, shaharda ijaraga olingan xonadonda yashagan. Undan arralangan ov miltig‘i va zarbsiz “Sayg‘oq” karabini olib qo‘yilgan. Voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »