Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina uchun Donetsk viloyatidagi Baxmut shahrini himoya qilish muhim (shahar uchun shiddatli janglar davom etmoqda), ammo ukrainaliklar bu mantiqan to‘g‘ri bo‘lgandagina, frontning ushbu sektorida jang qiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Italiya matbuotiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bu unchalik katta shahar emas. Ruslar tomonidan vayron qilingan Donbassdagi ko‘plab boshqa shaharlar bilan bir xil. Biz uchun uni himoya qilish muhim, lekin har qanday yo‘qotish evaziga emas, hammaning o‘limi bahosiga emas. Hozircha bu mantiqan to‘g‘ri ekan, kurashaveramiz. Biz qarshilik ko‘rsatmoqdamiz va, shu bilan birga, navbatdagi qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, — dedi Zelenskiy Baxmut himoyasi odamlarni yo‘qotishga arziydimi, degan savolga javoban.

Ukraina yetakchisining qayd etishicha, Rossiya kuchlari Baxmutni qo‘lga olib, so‘ng Kramatorsk va Slavyanskka — “iloji bo‘lsa, Donbass chegaralarigacha va Dneprgacha” hujumni davom ettirmoqchi.

Jurnalistlar, shuningdek, Zelenskiydan agar urush davom etsa, Ukraina oyoqda turib bera oladimi yoki yo‘qligini so‘radi. Bunga javoban u Kiyev qisqa muddatli urushga va o‘zining g‘alabasiga hozirlik ko‘rayotganini aytdi.

“Qanchalik tez bo‘lsa, qurbonlar shunchalik kam bo‘ladi. 2014-yilda mojaro muzlatilgandi va bu bizga foyda keltirmadi. Minsk kelishuvlari Putinga o‘tgan yilgi kutilmagan hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berdi, biz ortiq tuzoqqa tushmaymiz. Bizning askarlarimiz o‘z oilalarini, uylarini himoya qilayotgani uchun shijoatga to‘lgan”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Baxmut shahri hozir frontning eng qaynoq nuqtasidir. Rossiya tomonida asosan “Vagner” yollanma askarlari urushayotgan shahar uchun janglar 2022-yil iyul oyidan beri davom etmoqda.

Harbiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya uchun Baxmutning qo‘lga olinishi ko‘proq ramziy va siyosiy ahamiyatga ega, ammo strategik nuqtayi nazardan muhim emas.

Yanvar oyi o‘rtalarida Germaniya Federal razvedka xizmati Ukraina armiyasi Baxmut yaqinidagi janglarda har kuni “uch xonali sonlarda” askarlarini yo‘qotayotgani haqida xabar berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »