Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning bosqini boshlanganidan beri dastlabki ikki oyni SSSR davridan qolgan bunkerda o‘tkazdi, unda yorug‘lik ham yo'q edi. Bu haqda The Sunday Times xabar berdi.

Foto: AP Photo

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy o‘zining eng yaqin sheriklari bilan birga bu davrda deyarli bunkerdan tashqariga chiqmagan. Sovet davrida ishlab chiqilgan va qurilgan bunker odamlarni hatto to'g'ridan to'g'ri yadro zarbasidan ham himoya qila oladi.

Avvaliga Ukraina prezidenti va uning hamrohlari Rossiyaning bosqindan so'ng boshpanada bir necha kun qolishi taxmin qilingan. Biroq Zelenskiyning o'zi xavfsizlik choralarini kengaytirishni talab qilgan va Rossiya-Ukraina urushida deyarli ikki oy davomida panada bo‘lgan.

“Zelenskiy va uning katta yordamchilari ikki oy davomida yer ostida bo‘lgan va vaqti-vaqti bilan hech qayerga ketmaganini ko’rsatish uchun bunkerdan tashqariga chiqib turgan”, — deyiladi xabarda.

Bunkerga tushishga ruxsat berilgan The Sunday Times muxbirining aytishicha, u yer butunlay qorong‘i. Bunkerdagi yagona yorug‘lik manbayi ularning yo‘lini yoritib turuvchi qo‘riqchi fonaridir. U yerda uyali telefonlardan ham foydalanishga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti qo‘riqchilari yuqori xavfsizlik choralarini ishlab chiqqan. Zelenskiyga yaqin bo'lgan barcha odamlar oshkor etilmaydigan hujjatlarga imzo chekkan. Ularga bunkerda sodir bo‘lgan barcha narsa haqida gapirish taqiqlangan va qanday ovqat yeganlarini aytishga ruxsat berilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »