Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aktyor sifatida ishlash juda qiyin, chunki har doim katta hajmdagi matnlarni yodlash va obrazga ko‘nikish kerak. O‘z rolini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar faqat bitta roli bilan tomoshabinlarning yodida qoladi va ular ishtirokidagi boshqa loyihalar muxlislarning e’tiboridan chetda qoladi. The Girl nashri shu kabi mashhurlar haqida ma’lumot berdi.

Meryem Uzerli — “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram Sulton

Meryem Uzerli “Muhtasham yuz yil” tarixiy loyihasidagi rolidan so‘ng turk seriallarining yorqin yulduzlaridan biriga aylandi. Biroq katta shuhrat katta mas’uliyat bilan birga keldi. Aktrisa suratga olish jarayonlari tugashidan oldin aktyorlar tarkibini tark etgan bo‘lsa ham, haligacha Xurram Sulton roli bilan eslanadi. Aktrisa ushbu serialda rol ijro etganidan keyin ko‘plab mashhur seriallar va kinokartinalardan taklif oldi va “Asal uyasi” dramasida suratga tushdi.

Foto: The Girl 

Kaan Urganjio‘g‘lu — “Sevgi iztirobi” serialidagi Amir

“Sevgi iztirobi” seralidagi Amir roli Kaan Urganjio‘g‘lu uchun ham shon-shuhrat, ham tomoshabinlarning nafratini olib keldi. Nihon va Kamol juftligining sodiq muxlislari ularning birga bo‘la olmasligida aktyorni aybladi. Shu paytgacha dramatik sevgi hikoyasi haqidagi serialni tomosha qilgan har bir kishi aktyorning yangi rollariga ko‘nika olmaydi. Aktyor kelishgan, mehribon va yoqimtoy yigitlarning rolini o‘ynasa ham, ular baribir Kaanni “Sevgi iztirobi” serialidagi yomon qahramon sifatida ko‘radi.

Foto: The Girl 

Halit Ergench — “Muhtasham yuz yil” serialidagi Sulton Sulaymon

“Muhtasham yuz yil” serialida bosh rollardan birini gavdalantirgan aktyor Halit Ergench ham serialdagi partnyori Meryem Uzerli kabi birgina rol bilan tomoshabinlarning yodida qolgan. Faqatgina aktyorning sodiq muxlislari uning ishtirokidagi yana bir nechta seriallarni eslashi mumkin.

Foto: The Girl 

Burak O‘zchivit — “Sevgi iztirobi” serialidagi Kamol

Ko‘plab tomoshabinlar turk aktyori Burak O‘zchivitni “Muhtasham yuz yil” serialidagi Bali Bey va “Sevgi iztirobi” serialidagi Kamol rollari bilan eslashadi. Biroq Burakning “Jonimni beraman” filmida va “Kichik sirlar”, “Usmon: Qurilish” seriallaridagi roli tomoshabinlarning e’tiboridan chetda qolmagan.

Foto: The Girl 

Melisa Dongel — “Eshigimni qoq” serialidagi Jeren obrazi

Melisa Dongel “Sevgi. Mantiq. Intiqom” serialida ham suratga tushgan, biroq tomoshabinlar uni “Eshigimni qoq” serialidagi roli bilan taniydi. Aktrisa turk kinosini muvaffaqiyatli zabt etdi, biroq ko‘pchilik uchun Jeren bo‘lib qoldi. Melisa bu obrazni nomidan o‘chirishi uchun imkoniyat bor, u hozirgi rolidan ham yaxshiroq qahramonni gavdalantirishi kerak.

Foto: The Girl 

Jan Yaman — “Ertaki qush” serialidagi Jan

Jan Yamanni turk seriallari olamida haqiqiy quyosh nuriga qiyoslash mumkin. Ko‘pchilik aktyorni “Ertaki qush” serialidagi roli bilan eslaydi. Aktyorning o‘zi ham uni shu rol bilan eslashlariga ko‘nikib qolgan. Uning loyihadagi qahramoni ham aktyorning fe’l-atvorini o‘zida mujassam etadi. Umuman olganda, aktyorning o‘zi bilan qahramonini farqlash qiyin. Aktyor Italiyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, chet eldagi loyihalarda suratga tusha boshladi. U yerda suratga olingan loyihalar esa “Ertaki qush” kabi talabgir emas.

Foto: The Girl 

Elchin Sangu — “Ijaraga olingan sevgi” serialidagi Defne roli

“Ijaraga olingan sevgi” loyihasida suratga tushish Elchin uchun mashhurlik olamiga haqiqiy chipta bo‘ldi. Afsuski, uning keyingi loyihalari muvaffaqiyatsiz bo‘lgani va unchalik yuqori baholanmagani sababli tomoshabinlar uni faqat Defne roli uchun eslashadi.

Foto: The Girl 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »