Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir guruh jurnalistlar Rossiya hukumatining “Rossiya Federatsiyasining Belarus yo‘nalishidagi strategik maqsadlari” nomli ichki hujjatni qo‘lga kiritdi. Hujjatga ko‘ra, Kreml 2030-yilgacha Belarusning siyosati, iqtisodiyoti va harbiy salohiyatini to‘liq nazoratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dose” markazi xabar berdi. Surishtiruvda ushbu markazdan tashqari Süddeutsche Zeitung, WDR, NDR, Yahoo News, Delfi Eesti, Expressen va Independent nashrlari, VSquare va Fronstory loyihalari hamda Belarus surishtiruv markazi ishtirok etgan.

Foto: Getty Images

Reja 2021-yilda ishlab chiqilgan. Hujjatda Rossiya rasmiylarining Belarusdagi siyosiy, mudofaa, savdo va ijtimoiy maqsadlari bayon etilgan 17 ta sahifa mavjud. Ular qisqa muddatli (2022-yilgacha), o‘rta muddatli (2025-yilgacha) va uzoq muddatli (2030-yilgacha) davrlarga bo‘linadi.

Shunday qilib, 2030-yilga kelib, Rossiya hukumati Belarus qonunchiligini rus tiliga moslashtirishni, respublikaning tashqi siyosatini nazorat qilishni va uni RF manfaatlariga muvofiq boshqarishni, mamlakatda harbiy ishtirokini kengaytirishni, Rossiya OAVlari sonini ko‘paytirish orqali axborot makonini bo‘ysundirish, rus tilining Belarus tilidan ustunligiga erishish, shuningdek, “integratsiyadan manfaatdor ruslar qatlamini yaratish uchun” Belarus fuqarolariga Rossiya pasportlarini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishni rejalashtirmoqda. 

Bundan tashqari, Rossiya hukumati Belarusning ilm-fan va ta’limi orqali o‘z ta’sirini yoyishni kutgan. Aynan shu maqsadda butun mamlakat bo‘ylab Rossiyaning “Yagona davlat imtihoni”ni topshirish punktlarini ochish, shuningdek, Belarusning Mogilev, Grodno va Vitebske shaharlarida bir nechta fan va madaniyat markazlarini yaratish rejalashtirilgandi.

Surishtiruvga ko‘ra, Rossiya hukumati o‘z rejalarini, jumladan 1999-yilda Rossiya va Belarus rahbariyati tomonidan imzolangan Ittifoq davlati to‘g‘risidagi shartnoma orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Bu boradagi muzokaralar yigirma yil davom etdi. 2019-yilda mamlakatlar pul-kredit siyosati va soliq qonunchiligini uyg‘unlashtirish kabi iqtisodiy masalalarga oid 28 ta ittifoq dasturi bo‘yicha kelishib olgani e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, rejani ishlab chiqishda RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi, Bosh razvedka boshqarmasi (GRU), Tashqi razvedka xizmati (SVR), Federal xavsizlik xizmati (FSB) xodimlari va prezident ma’muriyatidan Aleksey Filatov boshchiligidagi prezidentning chegara bo‘yicha hamkorlik bo‘limi xodimlari ishtirok etgan. Filatov Janubiy Osetiya va Abxaziyada Kreml manfaatlarini himoya qilgan, shuningdek, o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk bilan gumanitar va siyosiy hamkorlikni nazorat qilgan shaxs hisoblanadi, deya qayd etdi “Dose” markazi.

Jurnalistlar hujjatni tashqi ekspertlarga ko‘rsatdi, ular bu hujjat ishonchli ko‘rinayotgani va jiddiy qabul qilinishi kerakligini tasdiqladi. Xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi AQSH elchisi Maykl Karpenter shunday fikr bildirdi: “Rossiyaning Belarusga nisbatan maqsadlari Ukrainaga nisbatan maqsadlari bilan bir xil, faqat Belarusda Rossiya urushga emas, majburlashga tayanadi”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »