Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy kompaniyalari bilan navbatdagi 2000 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik haqida kelishuv imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Xitoyga amaliy tashrifi doirasida 20-fevral kuni Jizzax va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Huaneng renewables Corporation va Poly Technologies kompaniyalar konsorsiumi bilan hamkorlik haqida kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvga asosan ushbu kompaniyalar konsorsiumi tomonidan yurtimizga 2 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritiladi. Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari 2023-yil yakuniga qadar, 2024-yilda esa to‘liq quvvatlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida yiliga 5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,3 milliard kub/metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »