Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH rasmiylarining ma’lum qilishicha, Rossiya AQSH prezidenti Jo Bayden Kiyevga tashrif buyurgan kuni “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgan, parvoz muvaffaqiyatsiz tugagan. Bu haqda CNN telekanali amerikalik ikki nafar anonim mulozimga tayanib xabar berdi.

“Sarmat” raketasi
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

Rasmiylardan birining ta’kidlashicha, Rossiya ixtilofli vaziyatlarning oldini olish maqsadida AQSHni raketa sinovlari haqida oldindan xabardor qilgan. Parvoz vaqtida Rossiya raketasining ikkinchi bosqichi ishdan chiqqan va u havoda portlab ketgan.

Sinov Amerika uchun xavf tug‘dirmadi va unga “anomaliya yoki keskinlikning kuchayishi” sifatida qaralmadi, deya qo‘shimcha qildi boshqa manba. Suhbatdoshlardan birining aytishicha, Rossiya sinovlarni Jo Bayden Ukrainaga kelishidan oldin o‘tkazgan. Boshqa bir amaldor esa voqea 20-fevral kuni sodir bo‘lganini ta’kidlab, aniq vaqtini aytmadi.

CNN taʼkidlashicha, hafta boshida Qo‘shma Shtatlar va Rossiya ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish maqsadida turli kanallar orqali muloqot qilgan. Xususan, AQSH Baydenning Kiyevga tashrifi haqida bir necha soat oldin Rossiyani xabardor qilgan, degandi avvalroq AQSH milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan. “Hech qanday fikr almashish bo‘lmadi. Faqat bildirishnoma yuborilib, uning qabul qilingani haqida tasdiq olindi. Hech qanday kafolatlar yo‘q ”, — degan Sallivan.

Rossiya hukumati CNN nashriga hozircha izoh bermadi.

2022-yilning 20-aprelida Ukrainaga bosqin fonida Rossiya Mudofaa vazirligi davlat sinovi dasturi doirasida “Sarmat” raketasining birinchi sinovi amalga oshirganini ma’lum qilgandi. O‘sha amaliyotdan so‘ng sinovlarni videoaloqa orqali kuzatgan Vladimir Putin “Sarmat” raketasi Rossiyaga tahdid solmoqchi bo‘lganlarni “o‘ylantirishini” aytgan. O‘shanda ham AQSH rasmiylari “Sarmat”ning uchirilishini mamlakat uchun tahdid deb hisoblamagandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023-yil 21-fevralda Moskva AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadro kallaklari va ballistik raketalar sonini tartibga soluvchi Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini e’lon qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu qaror “qaytarib olinishi mumkin”ligini bildirdi va kelishuvda nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilishga va’da berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »