Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Nablusga uyushtirgan reydda kamida 10 nafar falastinlikni, jumladan 72 yoshli erkak va 14 yoshli bolani o‘ldirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Falastinliklar reyd paytida yarador ayolga yordam berishga harakat qilmoqda
Foto: AFP/Zain Jaafar

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil harbiylari tomonidan kamida 102 kishi yaralangani, jumladan, 82 kishi o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir. Isroil armiyasi 22-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 10 da o‘nlab zirhli texnika va maxsus kuchlar bilan Nablusga bostirib kirgan.

Falastin SSV reydda kamida 102 kishi yaralangani, ularning aksariyati o'qlardan jarohatlanganini aytdi
Foto: AP / Majdi Muhammad

Shundan keyin keng ko‘lamli qarama-qarshiliklar boshlangan. Askarlar qidiruvda bo‘lgan ikki falastinlik jangchi Hossam Isleyem va Muhammad Abdulg‘oniy tomonidan egallab olingan uyni qurshab olgan, ularning ikkalasi ham o‘ldirilgan.

Isroil qo'shinlari shaharga kirib, janglarni boshladi, oqibatda 72 yoshli erkak halok bo‘ldi
Foto: AP/ Majdi Muhammad

2023-yil boshidan beri Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan falastinliklar soni ishg‘ol qilingan hududlarda 61 kishiga yetdi, ulardan 13 nafari bolalardir.

“Biz ishg‘olchilarning Nablusga bostirib kirishini qoralaymiz va xalqimizga qarshi davom etayotgan hujumlarni to‘xtatishga chaqiramiz”, — dedi Falastin prezidenti Mahmud Abbosning matbuot kotibi Nabil Abu Rudeyne.

Falastinliklar Nablusga bosqinda yaralangan bir odamni ko‘tarib yuribdi
Foto: EPA/Alaa Badarneh
Falastin siyosiy partiyalari bosqin ortidan Ramallah va Nablusda umumiy ish tashlash e'lon qildi
Foto:  EPA/Alaa Badarneh
Yaralangan falastinlik Nablusdagi kasalxonaga olib ketildi
Foto: AFP/Jaafar Ashtiye
Foto: Reuters
Shifokorlar Isroil qo‘shinlari tomonidan o‘ldirilgan falastinlikning jasadni olib ketmoqda
Foto: AFP/Jaafar Ashtiye
Foto: AP Photo

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »