Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar AQSH Rossiyani mag‘lub etmoqchi bo‘lsa, Moskva o‘zini har qanday qurol, jumladan, yadroviy qurol bilan himoya qilishga haqli, dedi Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

Foto: Global Look Press

Medvedev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Rossiyani jang maydonida yengib bo‘lmaydi” degan so‘zlarini keltirib o‘tdi.

“Strategik hujum qurollarni qisqartirish bo‘yicha AQSH bilan shartnoma(“SNV-3”)ning to‘xtatilishi (hozircha) shu bilan bog‘liq. Haqiqatdan uzilgan AQSH elitasi nima qilib qo‘ygani haqida o‘ylashsin. Biz boshqa yadroviy kuchlar — NATO a’zolari: Fransiya va Britaniyaning ham munosabatini kuzatyapmiz. AQSH va SSSR (endilikda Rossiya) o‘rtasidagi kelishuvlarni tayyorlashda ularning strategik yadro kuchlari odatdagi yadro kallaklari va tashuvchilar balansiga kiritilmagan va buni qilish vaqti keldi”, — deb yozdi u Telegram-kanalida.

Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Rossiyaning “SNV-3”dagi ishtirokini to‘xtatish haqidagi qarorni “allaqachon vaqti kelgan” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga Moskvaga qarshi “AQSH va boshqa NATO davlatlari tomonidan e’lon qilingan urush” sabab bo‘lgan. 

AQSH prezidenti Jo Baydenning G‘arb Rossiyaga hujum qilmoqchi emasligi haqidagi bayonotiga fikr bildirar ekan, Medvedev bu gaplar “g‘irrom va be’mani tuyuldi” dedi. 

“Nega Rossiya fuqarolari XX va XXI asrlarda eng ko‘p urush olib borgan, ammo bizni agressiya uchun qoralagan AQSH rahbariga ishonishi kerak? O‘zining zaiflashib borayotgan barcha intellektual imkoniyatlarini Rossiyaning strategik mag‘lubiyatini ta’minlash uchun yo‘naltiradigan odamga”, — so‘radi u.

Medvedev Baydenning “Rossiya Ukrainaga hujumni to‘xtatsa, urush tugaydi, agar Ukraina Rossiyadan o‘zini himoya qilishni to‘xtatsa, Ukraina tamom bo‘ladi”, — degan so‘zlarini esladi va buni o‘z versiyasiga o‘girdi: “Agar Rossiya g‘alabaga erishmasdan ‘SNV-3’ni to‘xtatsa, Rossiya mavjud bo‘lmaydi, u parchalanadi. Agar AQSH Kiyev rejimiga qurol yetkazib berishni to‘xtatsa, urush tugaydi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »