Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Foto: “Krasnaya Vesna”

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik erkak hujjatlarni soxtalashtirgani uchun qidiruvga berilgan. Aqto‘beda u qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

“‘Migrant’ nomli operativ va profilaktik tadbir davomida Aqto‘be viloyati IIB xodimlari tomonidan Rossiyada qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. 28 yoshli yigit Sankt-Peterburg Ichki ishlar vazirligi hujjatlarini qalbakilashtirish bilan shug‘ullangani uchun qidirilayotgandi”, — dedi Aqto‘be viloyati IIB matbuot kotibi Yerbolat Sarkulov.

Qozog‘istonda Migrant operativ va profilaktika tadbir davomida migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun 80 dan ortiq xorijlik va Qozog‘iston fuqarolari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Respublikada “Migrant” operativ va profilaktik tadbiri 20-28-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »