Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati xaritasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonda “xizmatni yo‘lga qo‘yish sanasi hozircha noma’lum” ekani ko‘rsatilgan.

Foto: SpaceX

2022-yil may oyida Markaziy Osiyoning beshta davlatida yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanishni 2023-yilga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani ma’lum qilingandi. Interaktiv xaritaga qaraganda, bu rejalar faqat Qirg‘iziston uchun saqlanib qolgan.

Starlink terminallari odam borishi qiyin bo‘lgan joylarda ham internetga kirishni ta’minlay oladi. 2022-yil dekabrda Starlink xizmatidan foydalanuvchilarning umumiy soni 1 million kishiga yetdi. SpaceX veb-saytiga ko‘ra, Starlink orqali internetga ulanish tezligi 100 dan 200 megabayt / sekundgacha yetadi.

Avvalroq Mask SpaceX kompaniyasi Turkiyaga zilziladan keyin yordam ko‘rsatish uchun Starlink terminallarini yuborishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Uning tushuntirishicha, Starlink hozircha Turkiya hukumatidan terminallar yuborishga ruxsat olmagan.

Yanvar oyi oxirida Nigeriya Afrika davlatlaridan birinchi bo‘lib Starlink tizimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Izoh

O'ktam Baxtiyorov 2

25.02.2023, 00:59

Matnda xatolik ketibdi. Megabayt emas Megabit.

Izzatbek Azimov

24.02.2023, 10:30

Menimcha bizdagi ucell beeline uzmobile ums elon musk starlinkni kiritmasligi uchun elon muskga pora yoki foydali bitim taklif qilgan chunki biz qimmat va sifatsiz internet uchun juda koʻp pul toʻlaymiz,agar star link ishga tushsa ular kasot boʻladi menimcha

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »