Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba G‘arb qiruvchilari Kiyevga yetkazib berilsa, ulardan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanmaslikka va’da berdi. Bu haqda u Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

Foto: Reuters

“Biz G‘arb qurollaridan Ukraina hududlarini ozod qilish uchun foydalanishga kafolat berishimiz mumkin”, — dedi Kuleba Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun G‘arb samolyotlari va uzoq masofali qurollardan foydalanmasligiga kafolat bera olasizmi, degan savolga javoban.

G‘arb davlatlari yanvar oyida Kiyevga reaktiv qiruvchi samolyotlar yetkazib berish masalasini muhokama qila boshlagan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ularning yetkazilishiga erishishga va’da bergan. Bu g‘oyani Boltiqbo‘yi mamlakatlari qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozadi Politico.

“Bunday qaror qabul qilish oson bo‘lmaydi”, — dedi Polsha prezidenti Anjey Duda. Germaniya kansleri Olaf Shols esa G‘arb qiruvchilarining yuborilishini rad etdi va bu mavzuni muhokama qilishni to‘xtatishga chaqirdi. 

AQSH ham Kiyevga jangovar samolyotlar bilan yordam va’da qilishdan bosh tortdi, ammo uchinchi davlatlardan birortasi yordam bermoqchi bo‘lsa, Amerika buni mamnuniyat bilan qabul qiladi, deb ta’kidladi Oq uy. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan urush tugaganidan keyingina zamonaviy G‘arb qiruvchilarini olishi mumkin. U buni Kiyevning g‘arbiy hamkorlari o‘rtasidagi konsensus deb atadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »