Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish bilan mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganini aniqlash mezonlari belgilandi.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tgani ushbu kodeksning 102-1-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan har chorak yakunlariga ko‘ra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:

  • mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash ko‘nikmalarining shakllangani, o‘qishga va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi;
  • mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat bo‘lishga intilishi;
  • mahkumning jazoni ijro etish muassasasida o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilgani, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmagani.

Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish to‘g‘risidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.

Komissiya tomonidan tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi.

Tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan mahkum komissiyaning xulosasi ustidan ushbu kodeksning 107-moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

O‘zbekistonda jazoga mahkum etilgan shaxslar yetarlicha qayta tarbiyalanmasdan turib, juda erta ozodlikka chiqarilayotgani bunday shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlari ko‘payishiga sabab bo‘layotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammad Valiyevning ta’kidlashicha, “sudlar tomonidan shaxslarga qo‘llanayotgan jazolar shaxslarning axloqi tuzalishi uchun yetarli bo‘lmayapti. Buning ustiga, shaxslarning muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi holatlari yangi jinoyatlarni sodir etish uchun yo‘l ochyapti”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »