Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston boshqa mamlakatlarda vabo tarqalishi sababli chegarada nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Sputnik

SSV Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasi yuqumli kasalliklarni epidemiologik nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Roza Kojapova dunyoning qator mamlakatlarida vabo bilan kasallanish natijasida yuzaga keladigan asoratlar kamayayotganini aytdi.

“Bular asosan Afrika, Suriya davlatlaridir. Agar Qozog‘istonda desak, so‘nggi 10 yil ichida mahalliy vabo bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan.

Vabo — odamdan odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri suv orqali yuqadigan kasallik. Biroq joriy yilda dunyoda vaziyat murakkablashganidan qat’i nazar, ichimlik suvi va ochiq suv havzalaridagi suv sifati doimiy ravishda nazorat qilinmoqda. Ochiq suv havzalarida suv muntazam ravishda patogenlar, shu jumladan, vabo mavjudligiga tekshiriladi. Bugungi kunga kelib, tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qozog‘istonda vabo epidemiyasi xavfi yo‘q”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator mamlakatlarda vabo kasalligi qayd etilganini hisobga olib, Qozog‘iston chegarasida nazorat kuchaytirilmoqda.

“Mamlakatga kelgan fuqarolarni tekshirmoqdamiz. Agar vabo belgilari aniqlansa, ular izolyatsiya qilinadi. Tibbiy yordamga murojaat qilgan shaxslarda anamnez aniqlashtiriladi. Agar odamlar chet eldan kelgan bo‘lsa va ularda ham xuddi shunday kasallik bo‘lsa, epidemiyaga qarshi choralar ko‘riladi va ular izolyatsiya qilinadi”, — dedi Kojapova.

Izoh

Welcome To

23.02.2023, 03:00

Янги нафас?

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »